AsosiyJamiyat
2241

Namanganda o`quvchi Milliy gvardiya xodimini kaltakladi (video)

'Namanganda o`quvchi Milliy gvardiya xodimini kaltakladi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi maktabda Milliy gvardiya xodimi o`quvchilar tomonidan kaltaklangani aks etgan vide tarqaldi.

Milliy gvardiyaning ma`lum qilishicha, holat  15 may kuni soat 11:50 larda Namangan shahridagi 37-maktabda sobir bo`lgan. Darsni tashlab maktabdan chiqmoqchi bo`lgan 11-sinf o`quvchisi qo`riqchi to`xtatgan va sababini so`ragan. 

O`quvchi maktab qorovulining qonuniy talablariga bo`ysunmasdan, uni haqorat qilib, kuch ishlatadi. 
Shundan so`ng, maktab qorovuli o`zini himoya qilish maqsadida T.N.ga nisbatan kuch ishlatishga majbur bo`lgan.
Holat bo`yicha o`quvchilarning ota-onalari Ichki ishlar bo`limiga chaqirtirilgan hamda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar