AsosiySalomatlik

Braziliyalik olimlar OIV vaksinasini maymunlarda sinab ko`rmoqchi

Braziliyadagi San-Paulu Tadqiqot jamg`armasining xodimlari o`zlari ishlab chiqqan OIV vaksinasini maymunlarda sinab ko`rishni rejalashtirishmoqda. 

Ushbu muhim voqea shu yil yuz berishi mumkin. Olimlar vaksina hozirgi ishlov bosqichida organizmni virusdan to`liq xalos qilolmasligini, ammo insondan-insonga o`tishining oldini olishi mumkinligini, bu ham kasallikning terminal fazasidan qochishda muhim ahamiyat kasb etishini ta`kidlashyapti. 

Bu haqda “AiF” xabar qiladi. Vaksina klinik tadqiqotlardan muvaffaqiyatli o`tgan taqdirdagina odamlarda sinab ko`riladi. HIVBr18 nomini olgan ushbu preparat ustida braziliyaliklar 2001 yildan buyon ish olib bormoqda. 

    Boshqa yangiliklar