12.11.2013 10:31
“O`zbeknavo” 3 nafar iqtidorli talabaga maxsus stipendiya tayinladi
Stipendiatlar bilan tanishing: Oliy ta`lim muassasasida tahsil olayotganlar bo`yicha: Akmaljon Ibodov – O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining 3-bosqich talabasi; O`rta-maxsus ta`lim muassasasida tahsil olayotganlar bo`yicha: Gulasal Abdullaeva – Namangan san`at kollejining 3-kurs talabasi;
Iroda Yusupova – O`zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi akademik liseyning 2-kurs o`quvchisi. Stipendiatlar uchun bankdan maxsus plastik kartochkalar ochilgan bo`lib, har oyda stipendiya summasi talabaning hisob-raqamiga o`tkazib boriladi.