12.11.2013 12:17
Yirik kompaniyalar “Google”ni sudga berdi
“Rockstar” konsorsiumi “Google” korporasiyasi paydo bo`lishidan oldinoq kontekstli reklama bo`yicha oltita patentni buzishga ulgurganini bildirdi. Oddiy til bilan aytganda, “Google” kompaniyasi foydalanuvchi qidiruv so`rovini kiritganidan keyin reklamani chiqarish imkonini beruvchi tizimdan foydalangan.
Bundan tashqari, “Rockstar” konsorsiumi “Android” operasion tizimida ishlovchi gadjetlarni ishlab chiqaradigan boshqa qator kompaniyalarni ham sudga berdi. Ular internet-protokol filtri, grafik interfeys uchun navigasiya vositasi, xabarlarning integrasiyalashgan markazi va boshqa funksiyalarga bo`lgan patent huquqlarini buzganlikda ayblanmoqda.
Qayd etib o`tamiz, “Google” izlash tizimi yiliga kamida 50 milliard dollar pul ishlaydi. Mazkur korporasiya patent huquqlarini buzgan holda begonalarning yutuqlaridan foydalanayotganiga “Rockstar”ning ishonchi komil.