AsosiyJamiyat

Polsha O`zbekistonga $50 mln. kredit ajratadi

Polsha O`zbekistonga 50 mln. AQSh dollar hajmida imtiyozli kredit ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Polshaning O`zbekistondagi elchixonasi savdo va investisiyaga ko`mak berish bo`limi rahbari Slavomir Stshalkovski ma`lum qildi.

 Uning ta`kidlashicha, ikki davlat o`rtasida iqtisodiy hamkorlik bo`yicha bo`lib o`tgan oltinchi Xukumatlararo komissiya yig`ilishida Polsha O`zbekistonga 50 mln. AQSh dollar hajmida kredit ajratmoqchi ekanligini tasdiqlagan, deya xabar beradi [url=http://uzdaily.uz/articles-id-18096.htm]UzDaily.uz. Ayni damda tomonlar mazkur yo`nalishda muzokaralar olib borishmoqda. Stshalkovskining aytishicha, mazkur kredit ikki tomon uchun ham juda foydali bo`lib, davlatlar o`rtasidagi tovar aylanmasini o`sishiga yordam beradi. Uning aytishicha, kredit shartnomasi deyarli tayyor, ammo tomonlar ob`ektlar ro`yhatini tasdiqlashlari kerak. Kredit taqdim etilishiga doir ishlar olti oy davomida nihoyasiga etishi ko`zda tutilmoqda. Ta`kidlash joizki, 2012 yil natijalariga ko`ra ikkitomonlama savdo hajmi 35,9% o`sgan va 148,3 mln AQSh dollarni tashkil qilgan. Joriy yilning 9 oyida tovar aylanmasi 127,6 mln. AQSh dollarni tashkil qilgan.

    Boshqa yangiliklar