Tojikistonning G`issor shahrida kecha, 27 avgust kuni Markaziy Osiyo Futbol Assosiasiyasi bayrog`i ostidagi CAFA U-15 Girls xalqaro musobaqasi start oldi.
Dastlabki turda mezbon Tojikiston bilan to`qnash kelgan O`zbekiston qizlar termasi 8:2 hisobidagi yirik va ishonchli g`alabani qo`lga kiritdi. Ilk turning yana bir o`yinida Eron va Qirg`iziston qizlari nursiz durang qayd etdi
CAFA U-15 Girls Tournament
G`issor, Tojikiston
27 avgust, yakshanba
Tojikiston – O`zbekiston 2:8 (0:4)
O`zbekiston gollari: Tojiniso Rashidova (5 ta), Diyora Jo`raboeva, Albina Boboqulova, Jasmina Abdug`anieva.
Eron – Qirg`iziston 0:0
Musobaqaning 1-turidan keyin turnir jadvali quyidagi ko`rinishni oldi.
№ | Jamoa | O` | G` | D | M | TN | O |
1 | O`ZBEKISTON | 1 | 1 | 0 | 0 | 8-2 | 3 |
2 | Qirg`iziston | 1 | 0 | 1 | 0 | 0-0 | 1 |
3 | Eron | 1 | 0 | 1 | 0 | 0-0 | 1 |
4 | Tojikiston | 1 | 0 | 0 | 1 | 2-8 | 0 |
Karima Yo`ldosheva bosh murabbiyligidagi O`zbekiston qizlar termasi bugun, 28 avgust kuni Qirg`izistonga qarshi, 29 avgust kuni esa Eronga qarshi bahs olib boradi.
28 avgust, dushanba
19:00 Qirg`iziston – O`zbekiston
22:00 Eron – Tojikiston
29 avgust, seshanba
19:00 O`zbekiston – Eron
22:00 Tojikiston – Qirg`iziston
Foto: Tojikiston FF