AsosiySport

“PAXTAKOR” FUTBOLChILARI XALQARO MAYDONDA

'“PAXTAKOR” FUTBOLChILARI XALQARO MAYDONDA'ning rasmi

Ayni kunlarda "Paxtakor" a`zolari terma jamoalari safida xalqaro o`yinlarga hozirlik ko`rishmoqda.

Aleksandr Lobanov, Jamshid Iskanderov va Igor Sergeev O`zbekiston termasi tarkibida Xitoyga jo`nab ketishdi. Ular 31 avgust kuni Xitoyga qarshi bellashuvda maydonga tushishlari mumkin. 5 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreya bilan o`yinda esa ular safiga Davron Hoshimov va Vladimir Kozakning qo`shilish imkoniyati mavjud.

Marko Simich esa Podgorisada Chernogoriya terma jamoasi yig`inida qatnashmoqda. Chernogoriya 1 va 4 sentyabr kunlari Qozog`iston hamda Ruminiyaga qarshi jahon chempionati saralash uchrashuvlarida o`ynaydi.

Quyida “Paxtakor” futbolchilari ishtirok etishi mumkin bo`lgan xalqaro bellashuvlar ro`yxati bilan tanishing:

31 avgust, 17:00
Xitoy - O`zbekiston

5 sentyabr
O`zbekiston - Janubiy Koreya

1 sentyabr, 21:00
Qozog`iston - Chernogoriya

4 sentyabr, 23:45
Chernogoriya - Ruminiya

Boshqa yangiliklar