3 YIL TA`TILSIZ IShLASA KOMPENSASIYa TO`LANADIMI?
So`nggi 3 yil davomida mehnat ta`tili olmay ishladim. O`z xohishimga ko`ra mehnat shartnomasini bekor qildim. Kollej bosh hisobchisi o`quv yillari ta`tillari uchun yillik smetada pul ajratilmagan deb, hanuzgacha kompensasiya to`lamayapti. Shu to`g`rimi?
Samandar Tog`aev, Samarqand viloyati, Nurobod tumani
B.NIZOMOV, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o`rinbosari:
- O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 151-moddasiga asosan, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo`shimcha ta`tillar uchun pullik kompensasiya to`lanadi.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 110-moddasiga asosan, mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilinganda unga tegishli ish haqi, uning miqdori xususida nizo bo`lmasa:
- qonun bo`yicha yoki shartnomaga muvofiq mehnat shartnomasini bekor qilish haqida ish beruvchini ogohlantirishi shart bo`lgan xodimga, - ogohlantirishiga ko`ra u ishni tashlab ketishga xaqli bo`lgan kundan kechiktirmasdan;
- mehnat shartnomasini bekor qilishi haqida ish beruvchini ogohlantirishi shart bo`lmagan xodimga, - ishdan ketgan kunining ertasidan kechiktirmasdan to`lanishi lozim.
Yuqoridagilarga asosan, ish beruvchi Siz ishni tashlab ketishga haqli bo`lgan kundan kechiktirmasdan tegishli ish haqi to`lab berilishi shart.
O`z vaqtida ish haqi to`lab berilmagan taqdirda fuqaro foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo`shimcha ta`tillar uchun pullik kompensasiyani to`lab berish bo`yicha sudga yoki Davlat huquq mehnat inspeksiyasiga murojaat etish huquqiga ega.






