AsosiySUG'DIYONA

«SARATON» SALATI: BAQLAJONDAN TO`YIMLI EGULIK

'«SARATON» SALATI: BAQLAJONDAN TO`YIMLI EGULIK'ning rasmi
Zarur masalliqlar: 3 dona baqlajon, 2 donadan tuxum va pomidor, bitta kartoshka, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, kinza, o`simlik yog`i, tuz, qora murch.

Tayyorlanishi: 1. Baqlajonlarni aylana shaklda to`g`rang. Tuxumni tuz bilan atalab, baqlajonlarni belab oling-da, qizdirilgan o`simlik yog`ida ikki tomonini ham qizartirib qovuring.

2. Kartoshkalarni maydalab somoncha shaklida to`g`rab, qizartirib qovurib oling. Qovurilgan baqlajonlarni uzunasiga kesing.

3. Pomidorni ham uzunchoq qilib maydalab to`g`rang. Kinzani maydalang. Barcha masalliqlarni (eng oxirida kartoshkani solasiz), aralashtirib, tuz, murch sepsangiz bas.

3 kishilik

25 daqiqa

Boshqa yangiliklar