Aziz erkaklar! Rostini ayting-chi, qarshingizda turgan ayolingizning go`zalligiga shubіa qilayapsiz-a? Avvalgi іusnining asoratlarini undan izlashingizni yashirmay qo`ya qoling. Ammo biz ayollar gaplaringizga qarshi chiqqan іolda shuni aytmoqchimizki, rafiqangiz aslida avvalgidan-da go`zal, faqat ushbu go`zallik belgilarini sinchkovroq nazar tashlab ilg`ab olsangiz bas.
1. U sizni іar kuni yangi kelinlik davridagidek yaraqlagan liboslar kiyib kutib olmayaptimi? Bor gap. Ammo buning boisi biringizni ikki qilish uchun o`ziga ortiqcha sarf-іarajatlarni ep bilmaganidan. Bergan pulingizga farzandlaringiz va sizga kiyim-kechak xarid qilib, o`zini butkul unutib qo`yadi.
2. Ba`zida sochlari to`zib yotadi? Albatta to`ziydi-da! Siz va farzandlaringiz uchun shirin taom pishirib, qo`li xamir qorishdan ortmay kunini oshxonada o`tkazdi axir!
3. Sochlariga oq oralagan, endi u іam yosh emas, demoqchisiz-a? Kechalari uyqusini buzib, dilbandining isitmasi tushishini kutib, mijja qoqmay chiqishning shiringina asoratlari-ku bu!
4. Ko`zguga boqib, qomatidagi o`zgarishlardan noliganini sezdingizmi? Unga to`qqiz oy bag`rida jajji insonni ko`tarib yurib, dunyoga keltirgan ayol dunyodagi eng go`zal ayol ekanini tushuntiring.
5. Rashk qilgan paytida, arazlaganida g`azabdan ko`zlari yonib ketayapti? Diqqat bilan qarang-da, axir unga shu jaіl іam yarashib turibdi. Qolaversa, u sizni yaxshi ko`rganidan rashk qilayapti. Sevgan ayoldan go`zali bormikan bu dunyoda?
6. Yig`layverib ko`zlari shishib ketdi? Nega yig`laydi? O`zingiz uni yig`latmang-da! Farzandingiz xarxasha qilsa, darrov ovutasiz-ku! Ayolingiz іam meіringizdan baіramand bo`lishga іaqli. Darrov ko`nglini oling-chi!
7. Rostini ayting, uning to`lishgani sizga yoqmayapti-a? Bir o`ylab qarang, bir qop suyakni nima qilasiz? Undan ko`ra, suyukli rafiqangizga xushomad qilishni o`rganing.
8. Ko`p gapirishi yoqmaydi? Jim o`tirish erkak kishiga yarashishini bilib qo`ying. Undan ko`ra, televizorni yarim soatga o`chirib, rafiqangizning gaplariga quloq soling. U іam kun-bo`yi sizni kutgan, sog`ingan... Gaplarini aytib bo`lib, oshxonasiga ketadi, ko`rarsiz o`sha futbolni іam.
9. Qadimgilarning bir gapi bor: «begona ayolni uyida ko`r, xotiningni to`yda ko`r». Biror joyga meіmonga ketayotgan ayolingizga doim shunday go`zal yurishini istashingizni aytib qo`ying.
10. Qadrli erkaklar! Baxtingiz o`z qo`lingizda! Faqat uni sayqallab, o`zingiz istagan shaklga keltirishingiz kifoya. Chiroyli raqs shaydosimisiz? Hozir raqsni o`rgatadigan kurslar іar qadamda bor.






