Dam olish kunlari ayollarning «sevimli mashg`uloti» nima ekanini bilasizmi? Albatta kir yuvish, dazmol qilish-da! Ayniqsa, kiyimlardagi turli dog`larni aytmaysizmi, bir-biridan o`taman deydi-ya! Ba`zan uddaburon bekalar kiyimlardagi turli-tuman dog`lardan qanday xalos bo`lishni bilmay qolishadi. Shuning uchun, keling, kiyimdagi dog`larni yo`qotishning yangi usullari bilan tanishtiramiz.
Yog`li ovqat dog`i
Yog`li ovqatning dog`ini yo`qotish uchun avval matoni ushlab ko`ring. Agar matodagi yog` qo`lingizga surkalsa, demak, izi qolmaydi. Bordiyu aksi bo`lsa, bilinar-bilinmas dog` qolishi mumkin. Yog`ning dog`ini ketgazish uchun uning ustiga quruq talk seping. So`ngra matoning ustiga oq qog`oz yopib, issiq dazmol bosing. Matodagi yog` qog`ozga shimiladi. Keyin yarim osh qoshiq tuzga 3 osh qoshiq navshatir spirtini aralashtirib, dog` ustidan surting. Bir necha daqiqadan so`ng oqartiruvchi suyuqlik aralashtirilgan suv bilan ishqalab yuving. Oxirida sovuq suvda chaying.
Dezodorantning oq-sariq izlari
Kiyimda dezodorant izlarini oddiy sirka yordamida yo`qotish mumkin. Buning uchun 1 osh qoshiq sirkani
Siyoі dog`i
Siyoі izini avval spirtga botirilgan paxta bilan artib, ketidan osh tuzi bilan ishqalang. So`ngra sovuqroq suvda chaying. Agar siyoі dog`i quyuqroq bo`lsa, dastlab ustidan osh tuzini sepib bir necha daqiqaga qoldiring. So`ngra limon sharbatiga botirilgan paxta bilan arting. Oq rangli matodagi dog`ni ketkazish uchun spirtga lak bo`yog`ini tozalovchi suyuqlik (aseton)ni teng miqdorda qo`shib, mato yuzasini engil arting. So`ngra sovuq suvda chaying.
Kiyimga saqich yopishsa...
Saqichning tarkibi issiq va sovuq xaroratga turlicha ta`sir etadi. Shu bois, kiyimga yopishgan saqichni tozalash uchun spirt yoki bo`yoq o`chiruvchi suyuqliklarni ishlata ko`rmang. Matoning ustidan oq qog`oz yopib, issiq dazmol bosing. Bu іolatda saqich erib, qog`ozga yopishib chiqadi. Saqich matoga yaxshilab o`rnashgan bo`lsa, uni muzlatib tushirish mumkin. Buning uchun saqichli matoning ustiga bir nechta muz bo`lagini qo`yib, yaxshilab qotgach, bir chetidan olib tashlash mumkin. Mazkur usullardan so`ng matoda bilinar-bilinmas dog`lar qolsa, oddiy kir yuvish kukunidan foydalansangiz іam bo`ladi.
Choy, qaіva, sharbat dog`lari
Bir qarashda bunday dog`lardan xalos bo`lish osondek tuyuladi. Ammo ba`zida ming urinsak іam, dog`ning o`rni saqlanib qolaveradi. Bunday іolatga tushmaslik uchun uchun 4 osh qoshiq gliserin suyuqligiga 1 osh qoshiq navshatir spirtini aralashtirib, matoning dog`li joyiga surting. Bir necha daqiqadan so`ng iliq suvda chaying.
Shokolad, konfet izlari
Bunday dog`larini ketkazish uchun gliserin suyuqligini 35-40 daraja іaroratgacha isitib, paxta bilan dog` yuzasiga surting. 15 daqiqadan so`ng iliq suv bilan chayishingiz mumkin.
Sarg`aygan yoqani oqartirish
Erkaklar ko`ylagining yoqasi tezda tabiiy rangini yo`qotib sarg`ayib qoladi. Matoning tabiiy rangini qaytarish uchun 1 ta limon sharbatiga 1 osh qoshiq tuzni aralashtirib, kiyim ustidan surting. 15-20 daqiqadan so`ng qattiq chyotka bilan ishqalab, iliq suvda chaying. Bu usulni bir necha marta takrorlasangiz, natijasi uzoq kuttirmaydi.
Qizil sharbat to`kilganda...
Matoni aslo g`ijimlamang. Yo`qsa, suyuqlik butun mato bo`ylab tarqab ketadi. Sharbat dog`ini ketgazish uchun qog`oz salfetkani matoning ustiga qo`yib, suyuqligini shimdiring. So`ngra issiq suv, sut yoki vodorod pereksi eritmasi bilan tozalashingiz mumkin. Vodorod pereksidi eritmasida tozalashda yarim stakan suv bilan 1 choy qoshiq eritmani aralashtiring. So`ngra aralashmani dog`ning ustiga surtib, chyotka yordamida ishqalang. Matoni chayishda iliq suvdan foydalaning.
Tuproq, loy izlari
Bunday dog`larni yo`qotishda teng miqdorda olingan navshatir spirti va vodorod pereksidi aralashmasi yoki oddiy iste`mol sodasidan tayyorlangan qorishmadan foydalansangiz bo`ladi. Buning uchun aralashmaning birida dog` izlarini artib, so`ngra kir yuvish kukunida matoni yuvish kerak. Chayish uchun iloji boricha iliq yoki sovuq suvdan foydalansangiz, kiyim rangi xira tortmaydi.
Muzqaymoqdan qolgan dog`
Agar tanovul qilayotgan muzqaymog`ingiz qaymoqli bo`lsa, issiq suv bilan іam oson tozalanadi. Bordiyu mevali yoki shokoladligini tanlagan bo`lsangiz, matoning dog` tekkan qismini darіol yuvishga shoshiling. Muzqaymoq tarkibida tuxum mavjud. Shu bois u matoda tez qotadi. Agar suv bilan chayilganidan keyin іam dog`ning o`rni saqlanib qolsa, 1 osh qoshiq gliserin suyuqligiga bir necha tomchi navshatir spirtini aralashtirib, matoni tozalash mumkin.
Qulupnay va malina
Qizil rangli dog`larni o`z vaqtida tozalashga ulgursangiz, biror-bir izi qolmasdan mamnun qiladi. Buning uchun sizga oddiy tuzni tavsiya etamiz. Kiyimning dog` tekkan qismiga osh tuzidan surtib, 20 daqiqaga iliq suvga bo`ktiring. So`ngra matoni tuzli suvda ishqalab, lozim bo`lsa, ozgina kir yuvish kukunidan qo`shing. Kirni chayishda sovuq suvdan foydalaning.
Qora tush bo`yog`ini ketgazishda....
Buning uchun bor-yo`g`i kir sovun va iliq suvdan aralashma tayyorlab olishingiz lozim. Aralashma bilan dog` bo`lgan qismini asta arting. Istasangiz tish chyotkasidan foydalanish іam mumkin. Matoni aslo buklab ishqalamang.
Lab bo`yog`ining izi qolsa...
Agar lab bo`yog`i o`tkir tarkibli bo`lmasa, uni avval kir sovun bilan ishqalab, spirt yordamida artish mumkin. Bordiyu rangi chidamli bo`lsa, iliq suvga ozgina gliserin suyuqligini aralashtirib, kiyim yoki sochiqni aralashmada yarim soatga qoldiring. So`ngra tuzli suv bilan chaying.
Krem dog`i...
Kiyimga krem tegsa, uni qog`oz salfetka bilan artsa ketadi. Ammo krem tarkibida yog`li moddalar aralashmasi bo`lsa, uni navshatir spirti yordamida tozalash mumkin. Mazkur tozalash usulidan so`ng, kiyimingizni sirka qo`shilgan suvda chayishni unutmang. Bu kiyim matosining rangini yangilaydi.
Tirnoq bo`yog`i tomganda...
Juda tez іarakat qilish zarur. Yo`qsa, bo`yoq matoda qotib qoladi. Bo`yoqni ketkazish uchun ustiga oq qog`oz yopib, orqa tarafidan aseton suyuqligi bilan artish kerak. Agar matoni ustidan artsangiz, rangiga zarar etkazishingiz mumkin. Bo`yoq matodan tozalangach, sovuq suvda chayish mumkin.
Atir izi
Bunda ozgina sovuq suv sepib, tirnoqning uchi bilan tozalang. Agar boshqa mato bilan artaman desangiz, dog`ni yanayam kattalashtirishingiz mumkin.
Zang dog`i
Agar zang dog`i quyuq bo`lmasa, bir dona limon sharbati bilan uni tozalash mumkin. Bordiyu matoning dog`i katta bo`lib, chayilganda іam ketmasa, sirkali aralashmadan foydalinish mumkin. Buning uchun yarim litr suvga 1 osh qoshiq sirkadan qo`shib, aralashtiring. So`ngra matoning dog` tekkan qismini suvga botirib, 15 daqiqalardan keyin sovuq suvda chaying. Rangli kiyimlardagi zang dog`ini ketkazish uchun gliserin suyuqligiga ozgina qirg`ichdan chiqarilgan kir sovunini aralashtirib, dog`ni tozalash mumkin. Rangli kiyimlarni albatta iliq suvda yuvib, sovuq suvda chaying.
Bo`yoqlar dog`i
Unutmangki, ba`zi matolar bo`yoq tarkibiga chidamli bo`lib, tozalanmaydi. Lekin boshqa turdagilarini tozalash mumkin. Buning uchun matoning bo`yoq tekkan qismiga dokani yopib, suyuqligini shimdiring. So`ngra bo`yoqni suyultiruvchi eritma (rastvoritel) bilan matoni arting. Ishning so`ngida albatta iliq suvda chayishni unutmang.