1

YO`QOLGAN KVITANSIYaLARNI QAYTA TIKLASh MUMKINMI?

Savol-javob 19.09.2017, 16:08
YO`QOLGAN KVITANSIYaLARNI QAYTA TIKLASh MUMKINMI?

YO`QOLGAN KVITANSIYaLARNI QANDAY TIKLASA BO`LADI?

Otam vafot etganlaridan so`ng uyi menga meros qoldi. Ammo ushbu uyning elektr energiya, gaz va suv uchun to`langan chek kitobchalar yo`qolib ketgan. Ularni qaytadan tiklasa bo`ladimi?

Baxtiyor Abdulov, Toshkent viloyati Chirchiq shahri

N.NAZIROV, O`zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri o`rinbosari:

— Kommunal xizmat tarmoqlariga ulangan har bir jismoniy shaxs iste`molchilari bilan kommunal xizmatlarini ko`rsatish korxonalari o`rtasida shartnoma tuziladi va har bir iste`molchiga shaxsiy hisob raqami berilib, hisob-kitob qilinadi. Iste`molchi tomonidan to`langan to`lovlar har bir iste`molchining shaxsiy hisob raqamiga kelib tushadi va ikki nusxada to`lov kvitansiyasi to`ldiriladi hamda bir nusxasi iste`molchida, ikkinchi nusxasi belgilangan tegishli bankda qoladi. To`lov kvitansiyalari oxirgi 3 yil muddatgacha saqlanadi. To`lov kvitansiyalari yo`qolgan taqdirda kommunal xizmatlarini ko`rsatish korxonalarining hududiy bo`linmalariga murojaat qilib, o`zining hisob raqamiga kelib tushgan barcha to`lovlar miqdorini, to`lov sanasi va hozirgi kunda qarzi mavjudligi yoki aksi to`g`risidagi ma`lumotlarni olish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1