AsosiySUG'DIYONA

NEVROZGA QARShI SARIMSOQPIYoZ

'NEVROZGA QARShI SARIMSOQPIYoZ  'ning rasmi

Nevroz asab tizimi kasalliklariga kiradi va kishining aqliy hamda jismoniy ish layoqatining tushishi, asabiylashish, tez charchash, o`zidan va boshqalardan ko`ngli to`lmaslik kabi alomatlar bilan namoyon bo`ladi. Kishi qattiq siqilish yoki ruhiy zarbaga duch kelganida, yuzaga keladi. Bu kasallikni davolashda, qo`shimcha tarzda uy sharoitida ham quyidagi muolajalarni amalga oshirish mumkin.

Sarimsoqpiyoz asab tolalarini tinchlantiradi. Shuning uchun nevroz kasalliklari, asabiylashish yoki boshqa ruhiy kasalliklarda sarimsoqpiyozni kunlik taomingizga qo`shing.

Sizga yarim kg. limonga 12 dona o`rik danagi kerak bo`ladi. Danakning mag`zini maydalang, limonni esa mayda qirg`ichdan po`stlog`i bilan birgalikda chiqaring. Hammasini aralashtirib, unga 200-250 gr. asal qo`shing. Bu dorini bir oy davomida uyqudan avval bir osh qoshiqdan qabul qiling.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar