AsosiySavol-javob

NEGA ISITISh XIZMATLARI UChUN 12 OY PUL TO`LAYMIZ?

'NEGA ISITISh XIZMATLARI UChUN 12 OY PUL TO`LAYMIZ?'ning rasmi

YoZDA HAM ISITISh TIZIMI UChUN PUL TO`LANADIMI?

Ko`p qavatli uylarda yashayman. 12 oy isitish xizmatlari uchun pul to`layman. Qishki mavsumidan boshqa oylarda isitish ta`minoti xizmatlari ko`rsatilmaydi-ku. Nega foydalanilmagan oylar uchun ham xizmat haqi to`lanadi?

Shukurullo Saydullaev, Toshkent shahri Olmazor tumani

N.NAZIROV, O`zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri o`rinbosari:

— Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi 194-sonli qarori "Ko`p kvartirali uylarga issiqlik ta`minoti xizmatlarini ko`rsatish qoidalari”ning 94-bandiga muvofiq jismoniy shaxslarga ko`rsatiladigan markaziy isitish xizmatlari uchun hisoblash, kalendar yil mobaynida har oyda teng ravishda belgilangan tariflar asosida amalga oshiriladi. Ya`ni, aholiga qulaylik yaratish maqsadida kuz-qish mavsumida berilgan issiqlik energiyasining to`lanadigan umumiy qiymati 12 oyga teng holda taqsimlangan.

    Boshqa yangiliklar