29.11.2013 11:29
“Peugeot” rahbarining pensiyasi Fransiyaning g`azabini qo`zg`atdi
"Kompaniyamiz xodimlariga bo`lgan katta hurmatim va o`zim qabul qilishim kerak bo`lgan zarur, ammo qiyin qarorlarning oqibatlari tufayli o`zimning pensiya paketimdan voz kechishga qaror qildim”, - deydi Varin.
Shuningdek, Varin ishdan bo`shash shartlari to`g`risidagi uzil-kesil qarorni kompaniyaning kuzatuv kengashi qaror qilishini ham qo`shimcha qildi.
Qayd etib o`tamiz, Varinga ishdan bo`shaganda beriladigan pul miqdori kasaba uyushmalari va hukumat a`zolarining tanqidiga uchragan edi.
Shu haftada “Peugeot Citroen” kompaniyasi Varinning o`rniga “Renault” kompaniyasi bosh direktorining sobiq o`rinbosari Karlos Tavares kelishini bildirdi.