Badavlat kishining o`g`li xatolik tufayli muhtoj oilaga tushib qoldi

Dunyo 29.11.2013, 12:06
Badavlat kishining o`g`li xatolik tufayli muhtoj oilaga tushib qoldi
Tokio sudi mahalliy klinikalardan birini 60 yoshli fuqaroga 380 ming dollar to`lashga majbur etdi.


Ma`lum bo`lishicha, tibbiyot xodimlari uni tug`ruqxonada boshqa chaqaloq bilanadashtirib qo`ygan ekan. Shu tariqa u begona oilada o`sgan, deya xabar beradi “The Japan Today” nashri.

1953 yilda tug`ilgan bola o`zining badavlat oilasi o`rniga kam ta`minlangan juftlikning oilasiga tushib qoladi. To`rt kishidan iborat ushbu oila o`n metr keladigan xonada yashab, hatto eng zarur mahsulotlarni ham sotib olishga qurbi etmagan. Bola ikki yoshga to`lganida uning “otasi” vafot etadi. 14 yoshida bola kechki maktabda o`qishi uchun pul ishlab topish maqsadadi zavodda ishlashga majbur bo`ladi. Oxir-oqibatda u transport kompaniyasiga ishga kiradi va bir umr o`sha erda ishlaydi.

Bir paytning o`zida, uning haqiqiy ota-onasining uch nafar farzandi qimmat xususiy maktablarda yaxshi ta`lim oladi, universitetni tugatadi va Yaponiyadagi yirik kompaniyalarda ishlaydi.

Shifokorlarning xatosi faqat 2009 yildagina ma`lum bo`ladi. Akasi ularga o`xshamasligini tushungan kichkina “ukalar” DNK-ekspertizasini o`tkazishga qaror qiladi. Olingan natijalar
haqiqatan ham u begona oiladan ekanini tasdiqlaydi. 

Erkak o`zining haqiqiy ota-onasini faqat o`tgan yildagina aniqlashga muvaffaq bo`ldi. Bu paytga kelib ular qazo qilgan edi, shu bois u o`z ota-onasini ko`ra olmadi.
Jabrlanuvchi Tokio okrug sudiga bergan da`vo arizasida, shifokorlar xatoga yo`l qo`ymaganida, uning hayoti boshqacha bo`lgan bo`lishini ta`kidlaydi. Sud ham da`vogar oliy ta`lim olish imkoniyatidan mahrum bo`lganini va og`ir ruhiy azoblarni boshidan kechirganini tan oldi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1