30.11.2013 12:09
Kosmosni ifloslantirish bo`yicha Rossiya birinchi o`rinda
Bu Moskva yaqinida joylashgan Korolyovo shaharchasidagi RossiyaMarkaziy mashinasozlik ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan e`tirof etildi.
Ma`lumotlarga ko`ra, AQSh hozirda ishlab turgan 371 ta, Xitoy 113 ta, RF 111 ta sun`iy yo`ldoshga ega. Fazodagi chiqindi miqdori bo`yicha esa ushbu uchtalik o`zgacha tartibda turibdi: Rossiyaga 6125 ta, AQShga 4627 ta, Xitoyga 3672 ta ob`ekt qarashli.
Jami Er orbitasida oktyabr oyi oxiri holati bo`yicha institut ballistiklari tomonidan 15 733 ta “chiqindi” ob`ekt qayd etildi. Ularning orasida 2588 ta ishlamaydigan kosmik apparat, 1918 ta tezlatish bloki va raketa-tashuvchilarning oxirgi bosqichlari, 11 227 ta buzilgan kosmik apparat parchalari, tezlatish bloklari, raketa-tashuvchilarning oxirgi bosqichlari va ishga tushirish operasion elementlari bor.
Chiqindiob`ektlarining 80%ga yaqini er atrofi bo`shlig`idagi past orbital sohada aylanmoqda.





