1

AQSh armiyasi qaroqchilikda ayblandi

Dunyo 30.11.2013, 18:00
AQSh armiyasi qaroqchilikda ayblandi
Amerika hukumati armiya ehtiyojlari uchun kompyuter dasturlarining minglab qaroqchilik nusxalaridan foydalangani uchun tovon puli sifatida “Apptricity” kompaniyasiga 50 million dollar to`lashga rozi bo`ldi.

2004 yilda “Apptricity” va Mudofaa vazirligi o`rtasida harbiy otryadlar, yuklar va qurol-yarog`larning ko`chishlarini real vaqt rejimida kuzatib turishga mo`ljallangan 5 ta server va 150 ta ishchi stansiya uchun “Apptricity” dasturiy ta`minotini etkazib berish bo`yicha shartnoma imzolangan edi.

Biroq, “Apptricity” kompaniyasining aniqlashicha, aslida uning mahsulotlari Amerika armiyasi tomonidan foydalanilayotgan 98 ta server va 11 mingta ishchi stansiyaga o`rnatilgan ekan.
2012 yil fevralida “Apptricity” kompaniyasi AQSh federal da`volar bo`yicha Sudiga da`vo arizasi bilan murojaat qildi. Unga ko`ra, kompaniya serverga xizmat ko`rsatish qiymati $1,35 mln.ni va ishchi stansiyalarga xizmat ko`rsatish qiymati $5 ming dollarni tashkil etishini inobatga olgan holda, Mudofaa vazirligidan $224,5 mln.miqdorida tovon pulini talab qildi.
AQSh mudofaa vazirligi bunday miqdordagi mablag`ni to`lashni rad etdi. Muzokaralar davomida ushbu summa 50 mln.dollargacha kamaytirildi. “Apptricity” olingan mablag`larni kompaniyani rivojlantirishga sarflash niyatida.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1