AsosiyJamiyat

Jizzaxda ilk nodavlat ta`lim muassasasi ishga tushdi

Muassasa o`z faoliyatini davlat ta`lim standarti asosida tashkil etadi.

2013-2014 o`quv yilida Jizzaxda bu borada ilk qadam qo`yildi. Yangi o`quv yilidan e`tiboran Jizzax shahrining Xalqobod mahallasida viloyatdagi ilk nodavlat ta`lim muassasasi o`z faoliyatini boshladi. Bu haqda viloyat xokimligi rasmiy axborot portali xabar beradi.
 
Ta`lim muassasasi maktab o`quvchilarining bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ulardagi bilim va jismoniy madaniyatga bo`lgan intilishni yanada kuchaytirish bilan shug`ullanadi,— deydi jamoa direktori Shoira Berdiyorova. —Shu maqsadda 3-sinfdan 9-sinfgacha bo`lgan o`kuvchilarni avgust oyida bo`ladigan imtihon asosida qabul qilamiz. Ayni vaqtda o`quvchilar maktabdagi darslardan so`ng bizda matematika, fizika, tarix, ingliz va rus tillari bo`yicha bilimlarini yanada mustaxkamlamoqdalar, jismoniy tarbiyadan mahoratlarini oshirishmoqda.
 
Nodavlat ta`lim muassasa faoliyat boshlashi natijasida 12 nafar kishi ish bilan ta`minlandi. Yangi o`quv muassasada kam ta`minlangan oilalarning bolalari uchun barcha mashg`ulotlar bepul olib boriladi. Muassasada ta`lim olayotgan 160 nafar o`quvchining 43
nafari kam ta`minlangan oilalarning farzandlari.
 

    Boshqa yangiliklar