02.12.2013 15:52
Hindistonning birinchi zondi Marsga yo`l oldi
"Mangalyan"zondi shu yil noyabr oyi boshida fazoga uchirilgan edi. Endi bir yarim tonnalik
kosmik apparat 350 million kilometrdan ortiq masofani bosib o`tishi kerak. U Mars sayyorasi orbitasiga kelasi yil sentyabr oyida etib borishi kutilmoqda, deya xabar beradi “ITAR-TASS”.
Apparat bortiga maxsus spektrometrlar o`rnatilgan bo`lib, olimlar ularning yordamida Mars atmosferasi va sayyora yuzasini batafsil o`rganishga umid qilayotir. Loyiha mualliflarining so`zlariga ko`ra, ushbu missiyaning asosiy maqsadi Hindistonning bo`lg`usi Marsga parvoz dasturi uchun zarur texnologiyalarni sinovdan o`tkazishdan iborat.





