AsosiySUG'DIYONA

Server JEPAROVdan ITALYaNChA TAOM

'Server  JEPAROVdan ITALYaNChA  TAOM'ning rasmi

"Darakchi" gazetasining "O`zbegim oshxonasiga" loyihasining qahramoni - “O`zbekiston” terma jamoasi va “Lokomotiv”ning yarim himoyachisi Server ­JEPAROV nafaqat Osiyoning eng yaxshi futbolchisi ekanini, balki oshxonada qo`li shirin pazanda ekanini “Palet” restoranida isbotladi. Restoran oshpazi Maqsud Sobirov italyan oshxonasini xush ko`radigan Server tayyorlagan taomni munosib baholadi...

Zarur masalliqlar:

● 250 gr. mol go`shti,

● 1 donadan qizil va ko`k bulg`or qalampiri,

● 50 gr. gulkaram, 1ta piyoz,

● 4 ta cherri pomidori,

● 4 dona shampin­on­ qo`ziqorini,

● 4 dona gr. qo`ziqorin (veshenka),

● 40 gr. jandiq,

50 gr. brokkoli,

20 gr. soya,

● Ta`bga ko`ra tuz, murch, oregano.

Tayyorlanishi:

1-jarayon:

Mol go`shti, qizil va ko`k bulg`or qalampiri, shampinon qo`ziqorini, qo`ziqorin (veshenka), brokkolini somoncha shaklida to`g`raladi.




Cherri pomidori to`rtga bo`linadi. Gulkaram mayda qilib, jandiq o`rtacha kattalikda to`g`raladi.

2-jarayon:

Go`sht qizarguncha yog`da qovurib olinadi.


Ustiga birinchi jandiq solinib, ikki daqiqadan keyin piyozni tashlaysiz. So`ng ketma-ketlikda qo`ziqorinlar, bulg`or qalampirlari, gulkaram, brokkoli bilan qovuriladi. Ta`bga ko`ra tuz, murch, oregano va soya solishni unutmang. Masalliqlar yarim tayyor holatga kelganida ozgina bulon­ yoki suv solinadi.



Suyuqlik shimilib ketmasligiga e`tibor bering, sabzavotlar yarimchala pishishi bilan taomni mazali va vitaminga boy qilib turadi.

3-jarayon:

Ovqatni olovdan olishdan avval cherri pomidorini solib, bir marta aralashtiriladi, xolos.


Oddiy pomidor solishni maslaіat bermayman. Chunki ezilib, taom mazasini buzadi.

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi. Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar