AsosiyHi-tech

Safarlar uchun qulay bo`lgan yostiq

'Safarlar uchun qulay bo`lgan yostiq'ning rasmi

Asosiy vaqtini safarlarda o`tkazadigan odamlar yo`lda uxlash qanchalik noqulayligini yaxshi bilishadi. Bunday holatda uxlab turgandan keyin bo`yningiz og`rib, qiyshayib qolishi hech gap emas. Bu muammoning echimi esa oddiy yostiqdir. Ammo kundalik hayotimizda ishlatiladigan yostiqlar safarlarda boshni himoya qilolmaydi. “NodPod” nomli “yostiqlar” esa sizni safar davomida barcha noqulayliklardan asraydi.
“NodPod” Paula Blankenship tomonidan yaratilgan. Uning ishi safarlar bilan bog`liq bo`lganligi uchun “NodPod” “yostiqlari”ni ixtiro qildi. Undan foydalanish qiyinchilik tug`dirmaydi.

“NodPod” kichkina yostiqchani eslatib, uning ichi yumshoq material bilan to`ldirilgan. Uni engakka joylashtirib, ikki yonidagi ipchasini o`rindiqning bosh qo`yadigan joyiga bog`lab qo`yish mumkin.
“NodPod”dan foydalanganda, uni odamni bo`g`ib qo`ymasligi ham hisobga olingan. Tasodifiy zarba tushganda bog`ich avtomatik tarzda echilib, bo`g`ilishning oldini oladi.
“NodPod” yostiqchalari oktyabr oyidan boshlab xaridga chiqadi.

    Boshqa yangiliklar