AsosiySUG'DIYONA

PILING HAQIDA 5 HAQIQAT

'PILING HAQIDA 5 HAQIQAT 'ning rasmi

Piling jarayonining o`tkazilishi yuz terisi uchun stress ekani ma`lum. Negaki piling yuzning ustki qatlamini olib tashlab, teri tarangligini oshirishga qaratilgan muolaja. Vahima qilishga shoshilmang. Balki hammasi siz o`ylagandek qo`rqinchli emasdir? Bu haqda to`liqroq ma`lumotga ega bo`lishni istasangiz, marhamat! Bu muolaja haqida keng tarqalgan fikrlarning qay darajada to`g`riligini tekshirib ko`ramiz.

  • 1. «Piling yuzdagi husnbuzarlarning barcha turiga qarshi qo`llanilishi mumkin». Ha! Ammo surunkali shamollash oqibatida toshgan husnbuzarlarga qarshi ushbu muolaja o`tkazilmaydi.
  • 2. «Barcha turdagi ajinlarni tekislaydi». Pilingning har bir turida ma`lum darajadagi ta`sir kuchi bor. Ammo u ajinlar bilan kurashishda yuz foiz kafolatlangan usul emas. Mezoterapiya hamda kontur plastikasi bilan bir qatorda qo`llanilgan pilinggina bu borada yaxshi samara berishi mumkin. 3. «Pilingda qaerdadir qalin, qaerdadir yupqa qatlamda shlifovka qilinib, yuz terisi o`z tekisligini yo`qotishi mumkin». Barchasi mutaxassis tanlagan uslubga bog`liq. Husnbuzarlardan qolgan dog`lar bilan kurashishda ular chiqqan joy chuqurroq pilinglansa, yuz terisini umumiy yoshartirish jarayonida ta`sir bir xil tekislikda bo`ladi.
  • 4. «O`ttiz yoshga to`lmaganlarga piling muolajasi tavsiya etilmaydi». Bunday emas. Kimyoviy piling o`spirinlik davridagi yuz terisi muammolari (husnbuzar toshishi, qora nuqtachalar va yuz terisining haddan tashqari yog`lanishi) bilan kurashishda ham keng qo`llaniladi. Davolashning qay uslubidan foydalanishni esa mutaxassis belgilaydi.
  • 5. «Piling yordamida ko`z atrofidagi ajinlardan xalos bo`lishning iloji yo`q». Bu tanlangan usulga bog`liq. Lazerli fraksion piling yaxshi natija ko`rsatishi mumkin. U mikronurlar ta`sirida yuz terisini taranglashtirib, ustki qavatni nisbatan tekislay oladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar