"Darakchi" gazetasining "O`zbegim oshxonasiga" loyihasi qahramonlari Nigora “Italyancha pasta” egisi kelgani uchun Oybek rafiqasini “Palet” restoraniga olib keldi. Juftlik u erda oshpaz Bahrom HAQNAZAROVdan shu taomni pishirishni o`rganishga kirishishdi. Qiziq, Nigora tez tayyorlanadigan ovqatga qiziqib qolibdi...
Zarur masalliqlar (4 kishilik):
- 0,5 kg. un,
- 200 gr. tovuq go`shti,
- 6ta xonadon tuxumi,
- 100 gr. porey piyozi,
- 80 gr. zaytun yog`i,
- 200 gr. qo`ziqorin
- 200 gr. qaymoq
- Ta`bga ko`ra tuz, murch, o`ziga xos ta`m beruvchi ziravor: kiyik o`ti, pishloq.
Qaylasi uchun zarur masalliqlar:
Tayyorlanishi:
1-jarayon:
Nigora: — Unga 6 ta tuxumni chaqib, ustiga 50 gr. zaytun yog`i hamda 40 gr. tuz solib xamir qoriladi.




2-jarayon:
Oybek: — Xamirni istasangiz maxsus moslamada kesib olishingiz mumkin.
Bo`lmasa, kesma lag`mondagidek yoyib to`g`rasa ham bo`ladi. 


Qaylaning tayyorlanishi:
Nigora: — Oybek, “Sevginator-2”dagi Manzura opa bilan Muqaddas Xoliqovaning ovqat pishirish sahnasi yodimga tushib ketdi. Manzura Yo`ldosheva “Oyijon, kartoshkani o`zingiz artib bera qoling, sizda juda chiroyli chiqyapti-da”, deydi-ku ayyorlik bilan (miriqib kuladi).
Oybek: — Ha, menda doim chiroyli chiqadi o`zi.
1-jarayon:
Tovuqni o`rtacha kattalikda somoncha, porey piyozi yarim oy shaklida to`g`raladi.


2-jarayon:
Oybek: — Nigora, o`zim qovurib bera qolay-a? Demak, boshladik! 25 gr. zaytun yog`ida porey piyozi o`lgunicha qovuriladi.







- Xonadon tuxumidan foydalansangiz, xamirning rangi chiroyli chiqadi va albatta, taomning mazasi o`zgacha bo`ladi.
- Porey piyozini o`rniga oq piyoz ishlatsa ham bo`ladi.
Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi. Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV






