AsosiyHi-tech

G`ALATI YoMG`IR

'G`ALATI YoMG`IR'ning rasmi

Hozir ishlatiladigan sochma o`qni XIX asrda oddiy suvsoz-santexnik bo`lgan Uilyam Uottsu o`ylab topgan. Bir kuni u tushida boshiga yomg`ir kabi yog`ilayotgan metall sharlarni ko`radi. Ertasi kuni Uilyam tadqiqot o`tkazishni rejalashtiradi. Birozgina qo`rg`oshinni eritib, butxona qo`ng`iroqxonasiga chiqib, pastda turgan suv to`la bochkaga quyadi. Pastga tushib qaraganda, yuqoridan quyilgan qo`rg`oshin havoda shar shakliga kirib, bir zumda qotib qolishini aniqlaydi. O`sha paytda londonlik suvsoz oddiy va arzon bo`lgan qo`rg`oshin o`qlarni ixtiro qilganini anglamaydi. Bungacha o`q yasash uchun qo`rg`oshin eritilib, alohida-alohida kesilgan yoki maxsus formalarga quyish orqali o`q olingan.

    Boshqa yangiliklar