Agar Mendeleev faqat uxlash orqali davriy sistemani yaratgan, deb o`ylasak, xato qilamiz. Bu jadvalni yaratish uchun Mendeleev umrining yigirma yilini sarflagan bo`lsa-da, kutilgan natijaga erisholmagan. Uch kecha-yu, uch kunduz tinim bilmay ishlagan Mendeleev biroz mizg`ib olish uchun yotadi. Tushiga davriy jadvalda etishmayotgan elementlar kiradi. Shunday qilib, fanda tub burilish yasagan davriy jadval yaratiladi.