AsosiySUG'DIYONA

NARGIZA ABDULLAEVADAN ANTIQA BLINChIKLI SALAT

'NARGIZA ABDULLAEVADAN ANTIQA BLINChIKLI SALAT 'ning rasmi

Oila-a`zolarini har kuni turli yangicha resept bilan xushnud etishga odatlangan aktrisa, “Shuhrat” medali sohibasi Nargiza ABDULLAEVA "Darakchi" gazetasining "O`zbegim oshxonasiga" loyihasi qahramoni sifatida siz muxlislarga ajoyib salat reseptini taqdim etadi. “Palete” restorani oshpazi Fotima Qosimova aktrisaning mahoratini munosib baholadi...

Zarur masalliqlar:

  • 100 gr. molning tili,
  • 1 ta pomidor,
  • 1 ta qizil sabzi,
  • 1 ta qizil piyoz,
  • 1 ta bodring,
  • Yarim bog` salat bargi,
  • 100 gr. mayonez.

Blinchik hamiri uchun zarur masalliqlar:

  • 1 st. sut,
  • 1 ta tuxum,
  • 1 osh qoshiq shakar,
  • Yarim choy qoshiq tuz,
  • Yarim st. un,
  • 70 gr. o`simlik yog`i,
  • Bir chimdim yumshatgich (razrxlitel) yoki iste`mol sodasi,
  • 1 ta qizil lavlagi.

Blinchikning tayyorlanishi:

1-jarayon:

1 ta tuxum ko`pirtiriladi, shakar va tuz solib eriguncha atalanadi.

Ustiga sut solib aralashtirasiz, keyin un qo`shib mikserlaysiz.

Masalliqqa yumshatgich va o`simlik yog`i quyib, aralashtirasiz. Qizil rangli blinchik pishirish uchun lavlagining suvidan ham solishni unutmang.

O`rtacha suyuqlikdagi xamir 15-20 daqiqa tindiriladi.

Va odatdagidek tovada pishirib olasiz.

Blinchiklarning o`lchami bir xil bo`lishi uchun kosa yo likopcha yordamida chetlari kesiladi.

2-jarayon:

Molning tili, bodring, piyozni somoncha shaklida, pomidor esa yarim oy shaklida to`g`raladi.

Blinchikning kesib olingan chetlari ham somoncha qilib qo`shiladi.

Keyin mayonez, tuz, murch bilan aralashtiriladi.

3-jarayon:

Uzun-uzun yupqa somoncha qilib to`g`ralgan sabzi maydalangan salat bargi, limon suvi bilan aralashtiriladi.

4-jarayon:

Tekis likopchakaga bitta blinchik qo`yib, bir xil qalinlikda salatni solasiz.

Ustiga ikkinchi blinchikni yopasiz. Keyin o`zgacha ta`m va bezak uchun sabzili aralashmani solasiz.

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi. Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV


    Boshqa yangiliklar