— Yo`l chetida mol boqishga yo`l harakati xavfsizligi xodimlari ruxsat bermaydi. Yo`l chetida mol boqqanlar jarimaga tortiladimi?
A.Berdiev, Toshkent viloyati, Yangiyo`l tumani
Xolmatjon SAYDALIEV, O`zbekiston Respublikasi IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig`i:
—O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 1382-moddasiga ko`ra, haydovchilarga har xil xizmat ko`rsatish maqsadida yo`lning qatnov qismida fuqarolarning turishi, shu bilan birga yo`llarga ajratilgan mintaqa tegrasida mol boqishga nisbatan ham eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solinadi.ESLATIB O`TAMIZ
Ayni paytda O`zbekistonda eng kam ish haqi miqdori 149 775 so`mni tashkil etadi.






