AsosiySavol-javob

ERKIN IQTISODIY ZONALARDA IShLAYoTGAN IShChILARNING MAOShI QANChA?

'ERKIN IQTISODIY ZONALARDA IShLAYoTGAN IShChILARNING MAOShI QANChA?'ning rasmi

— O`g`lim Jizzax erkin iqtisodiy zonada ishchi, oyligi 400-500 ming atrofida... Shu maosh bilan ro`zg`or tebratib bo`ladimi? Erkin iqtisodiy zonalarda ishlayotganlarning maoshini kim nazorat qiladi?

Gulbahor Eshtaeva, Jizzax viloyati

B.Nizomov, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 3-moddasiga asosan Mehnat kodeksi O`zbekiston Respublikasining butun hududida amal qilishi ko`rsatilgan shu jumladan “Jizzax” iqtisodiyot zonasida ham.

O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 153-moddasiga asosan mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o`rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo`lishi mumkin emas va uning eng ko`p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.

Mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo`shimcha to`lovlar, ustamalar, rag`batlantirish tarzidagi to`lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi. Mehnatga haq, qoida tariqasida, pul shaklida to`lanadi. Mehnat haqini natura shaklida to`lash taqiqlanadi. O`zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno.

O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 155-moddasiga asosan muayyan davr uchun belgilangan mehnat normasini va mehnat vazifalarini to`liq bajargan xodimning oylik mehnat haqi qonun hujjatlarida Mehnatga haq to`lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo`yicha belgilangan miqdordan oz bo`lishi mumkin emas.

Mehnat haqining eng kam miqdoriga qo`shimcha to`lovlar, ustamalar, rag`batlantirish tarzidagi to`lovlar, normal ish vaqtidan chetga chiqqan holda bajarilgan ishlar uchun oshirilgan miqdorda to`lanadigan haqlar (157, 158-moddalar), shuningdek rayon koeffisientlari (153-moddaning to`rtinchi qismi) qo`shilmaydi.

Shuningdek, qoidaga ko`ra, o`rindoshlik asosida, ya`ni asosiy ish joyiga ega xodim asosiy ishidan bo`sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to`lanadigan ishni bajarishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar