Ushbu avtomobil jahonga mashhur “Nissan” kompaniyasi tomonidan yaratilgan. “Pivo 2” mashinasining o`ziga xos jihati, bu — uning bortidan o`rin olgan robotdir. Haydovchining xatti-harakatini nazorat qilib boruvchi aqlli temirtan uning rulda uxlab qolishiga yo`l qo`ymaydi, hordiq chiqarish vaqti kelganida eslatib, eng yaqin dam olish maskani haqida ma`lumot beradi.