Las-Vegasda o`tkazilgan CES-2017 ko`rgazmasida Amerikaning mashhur kompaniyalaridan biri bo`lmish RAZER kompaniyasi o`zining uch ekranli noutbukini namoyish etdi...
Ko`rgazma ishtirokchilarining ta`kidlashicha, yangi avlod noutbuki uchta 17 dyuymli ekrandan iborat bo`lib, vazni bor yo`g`i 5 kilogrammni tashkil etadi. Har bir ekran IGZO texnologiyasi asosida yaratilgan va qalinligi 4-x mm. Buni aqlga sig`mas ixtiro deb aytishmoqda. Tasvirlar NVIDIA G-Sinx texnologiyasi yordamida sinxronizasiya qilinadi. Yangi avlod noutbuki past profilli mexanik klaviatura, NVIDIA GeForce GTX 1080 grafik kartaga asoslanuvchi 8 GB hajmdagi video xotira, 32 GB operativ xotira, shuningdek, sovutish tizimi bilan jihozlangan.
Ushbu noutbukni birinchi avlodining narxi 3700 dollar, ikkinchi avlodining narxi esa 6000 dollar deb baholanmoqda. Ko`rgazma ishtirokchilarining deyarli barchasi bu noutbukda futbol o`yinini ko`rish istagini bildirishgan. RAZER kompaniyasi xodimlari yangi avlod noutbukini birinchi va ikkinchi avlodi yaqin kunlarda sotuvga chiqishini ta`kidlashmoqda.






