AsosiyHi-tech

2019 YILDA PARVOZI AMALGA OShADIGAN qUYoSh SAMOLYoTLAR

'2019 YILDA PARVOZI AMALGA OShADIGAN  qUYoSh SAMOLYoTLAR'ning rasmi

Yaqinda Shveysariyaning SolarStratos kompaniyasi dasturchilari stratosferada quyosh energiyasi hisobida uchishga mo`ljallangan ilk quyosh samolyotini yaratishdi. Hattoki qisqa vaqt ichida uning ilk parvozi ham sinov tariqasida amalga oshirildi...

Ilk parvoz 300 metr balandlikda etti daqiqa davom etdi. Bu ixtiro samolyotlarni ham quyosh energiyasi hisobiga uchishiga zamin yaratadi. Stratosferada uchish uchun mo`ljallangan quyosh samolyotini dvigatel uchun quyosh energiyasini 32 kVt sarf qiladi va bir vaqtning o`zida litiy-ion akkumulyatorni 20 kVt gacha zaryadlash quvvatiga ega. Quyosh samolyotining uzunligi 25 metr, energiya to`plovchi qanotining uzunligi 8,5 metr va 450 kilogrammdan ko`proq og`irlikka ega. Uchuvchilar -56 daraja sovuqda ham hech qanday sovuqni his qilishmaydi, chunki u samolyot kabinasidagi haroratni bir maromda ushlab tura olish imkoniyatiga ega. Quyosh samolyoti 24.000 metr balandlikka ko`tarilish uchun ikki soat vaqt sarflaydi. Mazkur samolyotning to`liq loyihasi 2019 yilda yakunlanadi. Dasturchilarning ta`kidlashlaricha, bu vaqt ichida ular quyosh samolyotining dizayni va ishlash mexanizmlarini yanada takomillashtirib, 2019 yilda ilk bora stratosferaga parvoz amalga oshiriladi. Quyosh samolyotini ishga tushirish jami 10 million dollarga baholandi, lekin shunga qaramay, dasturchilar quyosh samolyotini kelajak uchun kerakligiga ishonishmoqda.

    Boshqa yangiliklar