Isroilning “StoreDot” kompaniyasi bir necha daqiqa ichida telefon, avtomobil va jamiki elektr energiyasidan zaryadlanib harakatlanuvchi vositalarning akkumulyatorini (batareyasini) bir necha daqiqada to`ldirish imkonini beruvchi antiqa qurilma yaratishga erishishdi...
Mazkur qurilma yordamida 2 yoki 3 soatda to`ladigan batareyalarni 5 daqiqa ichida 100 foiz holatda to`ldiradi. Dasturchilar mazkur qurilmani boshqa shu kabi zaryadlash moslamalaridan ko`ra xavfsiz, qulay va sifatli deb aytishmoqda. Chunki ularning bu ixtirosi 2 yillik tinimsiz izlanishlarning samarasidir. Kompaniya xodimlarining so`zlariga qaraganda, zaryadlash qurilmasi yaqin kunlarda sotuvga chiqarilishi mumkin. Ammo yangi zamonaviy qurilma hozirda mutaxassislar tomonidan chuqurlashtirilgan sinovdan o`tkazilmoqda. Bu qurilma endi ko`pchilikni qiynayotgan telefon quvvatini tugab qolishi bilan bog`liq muammolarga barham beradi. Qurilmaning narxi hozircha e`lon qilingani yo`q. Isroillik ixtirochilarning ushbu tez zaryadlash qurilmasiga ko`plab taniqli kompaniyalar qiziqish bildirishmoqda va hamkorlik shartnomalarini imzolashga tayyorliklarini aytishgan.






