AsosiySUG'DIYONA
40764

ChAKANDA YoG`I — TERI HIMOYaChISI

'ChAKANDA YoG`I — TERI HIMOYaChISI'ning rasmi

Chakanda (oblepixa) yog`i tibbiyotda juda qadrli.

  • Teri kasalliklarida yoki shilliq pardalar jarohatlanganda chakanda yog`i surtiladi.
  • Gastrit, oshqozon va o`n ikki barmoqli ichak yarasida: 21-28 kun davomida ovqatlanishdan 18-20 daqiqa oldin 1 choy qoshiq chakanda yog`i ichiladi. Agar yog` ichgandan so`ng jig`ildon qaynasa, yog`ni gazlanmagan mineral suv bilan ichish tavsiya qilinadi.
  • 1-2-darajali kuyish, sovqotish, yotoq yarasi, uzoq bitmaydigan yara, chipqon va terining boshqa jarohatlarida: har kuni jarohat joyini tozalab, chakanda yog`i tomizing va doka bilan bog`lang. Chakanda yog`ini ertalab va kechqurun ovqatlanishdan 15-20 daqiqa avval 1 choy qoshiqdan ichish ham foydali.
  • Og`iz chetlari yorilganda: labga chakanda yog`i surting.
  • Tonzillit, faringit, laringitda: 7-8 kun mobaynida kuniga 2 mahal paxta o`ralgan cho`pchalar yordamida og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi, bodomsimon bezlarga chakanda yog`i surtish kerak. Shu bilan birga, qaynagan suvga bir necha tomchi chakanda yog`i tomizib, suv bug`idan nafas olish (ingalyasiya qilish) zarur.
  • Yuqorida keltirib o`tilgan kasalliklarda chakanda yog`ini ertalab va kechqurun, ovqatlanishdan 15-20 daqiqa avval 1 choy qoshiqdan ichish tavsiya qilinadi.
  • Bavosilda: 2 hafta mobaynida maxsus chakanda yog`i shamchalari (svecha) qo`yish foydali. Shuningdek, kuniga 1 choy qoshiqdan chakanda yog`i ichiladi.

Mumkin emas: jigar, o`t pufagi va oshqozon osti bezi kasalliklari (tosh, pankreatit, xolesistit) va ich ketishida chakanda yog`i ichish tavsiya etilmaydi. Teriga surtganda achishish va turli allergik reaksiyalar sodir bo`lishi ham mumkin.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar