Rossiyalik olimlar hozirgi kunda ko`pchilikda uchrayotgan karies kasalligini mohirona bartaraf etish usulini o`ylab topishdi...
Ko`p yillik izlanishlar natijasida olimlar ixtiro qilgan “nanomaterial” karies kasalligini bartaraf etadi. Bu nanomaterial stomatologiya sohasidagi eng ajoyib ixtiro deb ta`riflanmoqda. Olimlar titan va rux oksididan iborat nanozarracha xususiyatlarini ketma-ket o`rganib, bu zarralar xuddi antibiotiklar singari zararlangan bakteriyalarni o`ldirishi mumkin, deb topishdi.
Yakov KARASENKOV, loyiha rahbari:
— Bu ixtiro stomatologiya sohasidagi texnologik rivojlanishning yangi davrini ochib beradi. Bu foydalanuvchilarga hech qanday noqulayliklar tug`dirmaydi. Endi biz yangi texnologiyalar orqali insonlarni qiynayotgan turli kasalliklarni bartaraf eta olamiz va buning uchun bor kuch-g`ayratimizni safarbar qilishga tayyormiz. Bu ixtiro bizning mazkur sohadagi dastlabki ixtiromiz bo`lishi mumkin, lekin bu sohadagi tadqiqotlarimiz davom etmoqda.