AsosiyHi-tech

3D KO`ZOYNAK BILAN ROBOT-JARROH JIHOZLANGAN

'3D KO`ZOYNAK BILAN ROBOT-JARROH  JIHOZLANGAN'ning rasmi

Zamonaviy tibbiy amaliyotda robotlardan foydalanish orqali ko`plab muvaffaqiyatlarga erishilmoqda...

Rossiya Sog`liqni Saqlash Vazirligi hamda Rossiya Federasiyasining bir qator jarroh olimlari birgalikda jarrohlik sohasida foydalanish uchun DA VINCI deb nomlangan jarroh robotni yaratishdi. DA VINCI roboti eng so`nggi texnologik jarrohlik qurilmalari bilan jihozlangan. Mazkur robot hozirda Moskvadagi 50-raqamli shifoxonada sinovdan o`tkazilmoqda.
Robot jarrohlikda foydalanish uchun ko`p afzalliklarga ega: jarrohlik paytida kamroq qon yo`qotish va operasiyadan keyingi asoratlardan xalos bo`lishda maksimal darajada ishlaydi.

Shu bilan birga robotda 3D ko`zoynak o`rnatilgan bo`lib, kichik detallarni ham aniq va tiniq ko`rish imkoniyatiga ega. Ixtirochilarning aytishlaricha, DA VINCI roboti shu kabi robotlarga qaraganda ancha arzon bo`lishi kutilmoqda. Endi yaratuvchilar robotni sertifikatlash bilan birgalikda uning faoliyatini yanada takomillashtirish ustida ishlamoqda. Bu ixtiro ko`plab jarrohlik markazlarini hamda shifoxonalarni qiziqtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar