“KNITERATE” kompaniyasi kiyim-kechaklarni ishlab chiqaruvchi yangi 3D-printerni yaratishga muvaffaq bo`ldi. Mazkur ixtiro butun dunyo odamlarini taajjubga solib qo`ydi...
Endi xuddi printerdan rasm chiqargan singari kiyimlarni ham chiqarish mumkin. Buning uchun unga hech kimning yordami shart emas. Bu ishlarni 3D-printerning o`zi bajaradi. Faqat siz unga kiyim dizaynini kiritsangiz bo`lgani.
Bu ixtironi amalga oshirgan kompaniya dasturchilari mazkur ixtironi yanada takomillashtirish ustida ishlamoqdalar. Kiyimlarni ishlab chiqaruvchi 3D-printeri 2018 yilda sotuvga chiqarilishi aytilmoqda. Lekin uning sotuvga chiqarish narxi hali noma`lum.






