Xakerlar ijtimoiy tarmoqlardan 2 mln.ta parolni o`g`irladi

Hi-tech 06.12.2013, 10:49
Xakerlar ijtimoiy tarmoqlardan 2 mln.ta parolni o`g`irladi
Xakerlar hujumi natijasida Facebook, Twitter, "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanuvchilarning 2 mln.ta paroli o`g`irlangan.

Bu haqda IT-xavfsizlik sohasiga ixtisoslashgan “Trustwave” kompaniyasi ma`lum qiladi. Kompaniya taqdim etgan ma`lumotlarga ko`ra, ushbu voqea butun dunyo foydalanuvchilariga daxldor bo`lgan. Mutaxassislar tarmoqda Niderlandiyada
ro`yxatga olingan IP-manzildan to`ldirib turilgan va parollar yozilgan “Poni” ma`lumotlar bazasini aniqladi.

Xususan, Facebook foydalanuvchilarining 318 mingta, Gmail foydalanuvchilarining 70 mingta,  Twitter foydalanuvchilarining 22 mingta, "Odnoklassniki" foydalanuvchilarining 9 mingta paroli xakerlarning qo`liga tushgan.

“Trustwave” vakili  Jon Millerning so`zlariga ko`ra, xakerlar olingan ma`lumotlardan foydalanganini isbotlovchi dalillar yo`q. "Ular shunday qilgan bo`lishi ham mumkin", - deydi u.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1