Hozirgi texnika taraqqiyoti davrida inson ko`plab ma`lumotlarni olishga va uni boshqalar bilan baham ko`rishga intiladi. Biz olgan ma`lumotlar (rasm, video, hujjatlar pdf, doc va boshq.) qachondir bizga yana qayta kerak bo`lishi mumkin. Bu maqolani o`qish jarayonida endi siz o`chirib yuborgan faylingizga achinmaysiz balki uni yana qayta tiklash imkoniyatini o`rganasiz va albatta uni amalda sinab ko`rib, hayotingizni yana quvonchlarga to`ldirasiz...
Bu dastur sizga sevimli bo`lgan rasmlaringizni o`chirib yuborilgan taqdirda ham hech qanday muammosiz oldingidek yorqin va sifatli holatida qayta tiklash imkoniyatini beradi. Bu dasturni bepul yuklab olish uchun quyidagi link http://download.cnet.com/Restore-Image-Super-easy/... ga tashrif buyuring hamda download tugmasini bosing. Dasturning umumiy hajmi 3,5 MBni tashkil etadi. Dasturdan foydalanish juda oson va qulay. Yuklab olish jarayonida muammolar yuzaga kelishi mumkin.