AsosiySUG'DIYONA
5256

BROKKOLI SARATON KASALLIGIGA QARShI…

'BROKKOLI SARATON KASALLIGIGA QARShI…'ning rasmi

Dunyo bo`ylab olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko`ra, ba`zi bir o`simliklar tarkibidagi foydali moddalar saraton rivojlanishining oldini oladi. Bu mahsulotlarni doimiy ravishda iste`mol qilish saratonga chalinish xavfini kamaytiradi.

Brokkoli: karamgullilar guruhiga kiruvchi bu o`simlik tarkibidagi sulforafan saraton to`qimalarining o`sishi va rivojlanishiga to`sqinlik qiladi. Brokkolini uzoq pishirmaslik lozim, shuningdek, uni pishirilmagan holatda salatlarga ishlatish tavsiya qilinadi. Oq karam va gulkaram ham saratonga qarshi kurashuvchi xususiyatga ega.

Dukkalilar: mosh, loviya, no`xat xavfli to`qimalar hosil bo`lishining oldini oladi. Taomnomangizga albatta ko`k no`xat va yasmiq (chechevisa)ni kiriting.

Zaytun yog`i salomatlik uchun foydali va saraton to`qimalari o`sishining oldini oladi. Saraton kasalligiga chalinmaslik uchun kuniga 2 osh qoshiq zaytun yog`i iste`mol qilish kifoya.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar