AsosiySUG'DIYONA
98713

BUYRAK XASTALIKLARI BELGILARI

'BUYRAK XASTALIKLARI BELGILARI'ning rasmi

Qish fasli shamollash hamda gripp mavsumi bo`lgani sababli tomog`ingiz og`rishi bilan buyraklaringizga ham e`tibor qaratishni unutmang. Bugun sahifamiz orqali buyrak xastaliklarining turlari, belgilari va uni uy sharoitida davolash usullari haqida ma`lumot beramiz...

Buyrakdagi og`riq

Tish va og`iz bo`shlig`i xastaliklari bilan ko`p og`riydigan bemorlarda buyrak kasalliklariga chalinish xavfi yuqori, deydi shifokorlar. Chunki aynan shamollash, karies va og`iz bo`shlig`i kasalliklarini qo`zg`atuvchi moddalar qon orqali «sayohat» qilib, buyraklarda «qo`nim» topishadi. Buyrak kasalliklari esa butun organizmga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmaydi. Tanadagi suv taqsimoti buzilib, organizmda zararli moddalar yig`ila boshlaydi. Bu esa tananing zaharlanishiga olib keladi. Ayniqsa, angina asoratlari natijasida glomerulonefrit kasalligi rivojlanishi xavfi ortadi.

Ilk alomatlari

Buyrak kasalligi yosh tanlamaydi: u bilan yosh ham qari ham, shuningdek, bolalar ham og`rishi mumkin. Kasallik alomatlari avvaliga arzimagan bo`lib ko`rinadi:

- ko`p hojatga chiqish;

- beldagi og`riq;

- ba`zi hollarda tana harorati ko`tarilishi. Aynan mana shu alomatlar paydo bo`la boshlagandan kasallikka qarshi chora ko`rish darkor.

Fakt

Kishi qattiq qo`rqqanda buyraklar pastga tushib, unda g`ayriixtiyoriy peshob chiqarish holati yuz berishi mumkin. Shuningdek, surunkali buyrak kasalliklariga chalingan bemorlarda turli fobiyalar, qo`rqoqlik va yomon tushlar ko`rish kuzatiladi.

Girudoterapiya

Surunkali pielonefrit, buyrak etishmovchiligi va umuman buyrak kasalliklarida – zuluk bilan davolash tavsiya qilinadi. Zulukning so`lagi bilan birgalikda qon tarkibiga biologik aktiv moddalar tushadi. Ulardan biri girudin deb ataladi. Bu modda – qonni suyiltirish bilan birga, og`riq qoldiruvchi, yallig`lanishga qarshi bo`lib, u qonda tromblar yuzaga kelishing oldini oladi. Muolajaning bir kursi uchun 7-10 marta zuluk qo`yish maqsadga muvofiq. Bu muolajani albatta shifokor girudoterapevt amalga oshirishi lozim.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar