AsosiySport

"Manchester Siti" Foden bilan yangi shartnoma borasida muzokara boshlaydi

"Manchester Siti" jamoasi yetakchisi Fil Foden bilan amaldagi shartnomani uzaytirish uchun yaqin kunlarda muzokara boshilishi kutilmogda.

'"Manchester Siti" Foden bilan yangi shartnoma borasida muzokara boshlaydi'ning rasmi

Klub uni yana uzoq muddatga saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

Daily Mail'ning xabar berishicha, Fodenning hozirgi shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. "Siti" ayni paytda Rodri bilan muzokaralarni uning jarohati tufayli vaqtincha to‘xtatgan.

Shuningdek, yozda shartnomasi yakunlanadigan Jon Stouns bilan kelishuvni uzaytirish masalasi ham muhokama qilinmoqda, ammo futbolchining jarohatga moyilligi klubni ikkilantirmoqda.

Foden — "Siti" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. 25 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda 14 ta uchrashuvda 4 gol va 3 assist qayd etgan. Unga bozor qiymati Transfermarkt tomonidan 80 million yevro deb baholangan.

    Boshqa yangiliklar