BOLANGIZ SARIQ KASALIGA ChALINSA...

SUG'DIYONA 23.10.2017, 12:18
Teglar: Salomatlik
BOLANGIZ SARIQ KASALIGA ChALINSA...

Jigarda qayta ishlangan bilirubin moddasi qonga tushishi oqibatida terida va ko`z oqida sariqlik paydo qiladi. Shu sababli gepatitni xalqda «sariq kasal», «sariq», degan nomlari bilan atashadi. Ammo ba`zi paytlarda terida sarg`ayish bo`lmasligi ham mumkin.

Oldini olish uchun

Avvalo, bolalarni shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishga odatlantirish darkor. Ya`ni qo`lni doimo yuvib yurish, alohida idishda ovqatlanish, bir-birining tish pastasidan foydalanmaslik kabi qoidalarga amal qilishni o`rgatish lozim. Shuningdek, meva-chevalarni yaxshilab yuvib iste`mol qilish lozim. Ba`zi hollarda ona bolasiga ovqat bera turib, o`zi ham qoshiqni og`ziga soladi yoki boladan qolgan ovqatni eb qo`yadi. Yana ba`zan bolaning so`rg`ichini og`ziga solib, keyin beradi. Bu holatlarda ona virus tarqatuvchisiga aylanishi xavfi ortishini o`ylab ham ko`rmaydi.

Surunkali holatga o`tadimi?

Gepatit A va E turlari unchalik og`ir kasallik hisoblanmaydi va salomatlik uchun katta xavf tug`dirmaydi. Ya`ni gepatitning bu turlari surunkali holatga o`tib ketmaydi. Ammo kasallik o`tkir holda kechishi kuzatilishi mumkin. Gepatitning V yoki S turida kasallik surunkali holatga o`tishiga moyillik mavjud.

Alomatlari

Ko`ngil aynish, tomoq og`riq, tana harorati ko`tarilishi kabi holatlar gripp yoki shamollash alomatlariga o`xshaydi. Shu sababli, ayrimlar bolani shamollash va grippdan davolashadi. Ko`p holatlarda esa siydik va axlat rangi o`zgaradi. Ba`zan bu holatlar kuzatilmasligi ham mumkin. Shu sababli, kuz va qish mavsumida farzandingiz o`zini yomon his qilsa, albatta, gepatit kasalligiga analiz topshiring.

Kasallik qaytalaydimi?

Gepatitning bir turidan davolangach, kishida bu virusga nisbatan turg`un immunitet hosil bo`ladi. Ya`ni bu kasallikka qayta chalinmaydi. Ammo shu bilan birga, kasallikning kechish jarayoni turli xil bo`lishi mumkin. Ba`zida viruslar immunitet yoki boshqa omillar ta`sirida ortga chekinadi. Bu kasallikning to`lqinsimon kechishi deyiladi. Mana shu holatlar nazarda tutilib, yana qaytalab qoldi, deb taxmin qilishadi. Bu xastalikning qaytarilishi emas, balki davom etishidir. Shu sababli, bemor to`g`ri muolaja qilinib, parhez tutishi zarur. Parhez muolajaning ajralmas qismi ekanligini yoddan chiqarmang.

Kimga murojaat qilish kerak?

Kasallikni gepotolog-infeksionist shifokor davolaydi. Bunda albatta bemorning umumiy holati, uning immuniteti va kasallikning kechish jarayoni e`tiborga olinadi. Uyda davolanish holatlari ham bo`lishi mumkin. Ammo muolaja qat`iy shifokor nazorati ostida olib borilishi shart. Shunda ham bemorning umumiy holatiga qaralishi darkor. Agar kasallik jarayoni og`ir kechayotgan bo`lsa, stasionarda davolash maqsadga muvofiq.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1