06.02.2014 16:13
Amerikalik ayol qonsiz qizaloqni dunyoga keltirdi
Qiz rangsiz go`yoki o`likday tug`ildi. Shifokorlar bu holatning sabablarini aytib bera olishmayapti.
ABC nashrining xabariga ko`ra, shifokorlar bolani saqlab qolishni uddasidan chiqishgan. Qizning otasi Josh Xuaresning aytishicha, u bolani ko`rishi bilan vaziyat yaxshi emasligini tushungan. Shifokorlar go`dakdan qon olishga urinib ko`rishgan, ammo uning butun oyog`idan siqib, bir tomchigina qon olishgan.
Qizaloqda tug`ruqdan bir soat avval ummuman qon bo`lmagan va shifokorlar tezda kesarcha kesish yo`li bilan, chaqaloqga qon quyishgan.
27 yoshli ona Jeniffer Xuaresning jurnalistlarga aytishicha, tug`ruqdan 3 hafta ilgari bola harakatlanmay qo`ygan. Shundan so`ng shifokorlar tezda chora ko`rishgan. Ularning so`zlariga ko`ra, onaning sezgirligi tufayli qizaloq tirik qolgan. Aks holda go`dak o`lik tug`ulishi mumkin edi.