1

HILOL NASIMOV LAVOZIMIDAN OZOD QILINDI

Madaniyat 28.10.2017, 10:16
  HILOL NASIMOV LAVOZIMIDAN OZOD QILINDI

2017 yil 27 oktyabr kuni «O`zbekfilm» aksionerlik jamiyatining navbatdan tashqari yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda kinostudiyaning bugungi holati, mavjud kamchilik va muammolar muhokama qilindi. Bu haqda «O`zbekkino» axborot xizmati xabar berdi.

Korxonani sog`lomlashtirish va uni qayta shakllantirish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi. Yig`ilishda tashkiliy masala ham ko`rildi. Hilol Nasimov boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan «O`zbekfilm» AJ direktorligi lavozimidan ozod qilindi.

Shu bilan birga, jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tahlil qilish va kelgusida rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish bo`yicha ishchi guruhi tuzildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1