1

“Bunyodkor” Polsha klubiga mag`lub bo`ldi

Sport 07.02.2014, 09:38
“Bunyodkor” Polsha klubiga mag`lub bo`ldi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 6 fevral kuni Antaliya yig`ini doirasidagi birinchi nazorat uchrashuvini o`tkazdi.

Sparring raqib sifatida Polsha chempionati ishtirokchisi “Yagelloniya” klubi tanlangan edi.

Kunning birinchi yarmida jamoamiz a`zolari mashg`ulot o`tkazishgani bois Mirjalol Qosimov polshaliklarga qarshi ikki xil tarkibni sinab ko`rdi va futbolchilarga bir xil me`yorda yuklamalar berdi.

O`yin taqdirini birgina gol hal qildi. Uchrashuvning 61-daqiqasida “Yagelloniya” a`zolari David Pilizganing penaltidan kiritgan goli evaziga g`alaba qozonishdi. Uchrashuv davomida “qaldirg`ochlar”da ham imkoniyatlar yuzaga keldi. Biroq raqib posbonining mahorati darvoza daxlsizligini saqlab qoldi. Ayniqsa Mirjamol Qosimov tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasini u katta qiyinchilik bilan qaytardi. Ikkinchi urinishda Anvar Berdiev tepgan to`pni ham darvozabon to`sib qolishga erishdi.

“BUNYoDKOR” – “YaGELLONIYa” (Polsha) 0:1 (0:0)

Gol:
David  Pilizga penaltidan 61


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1