AsosiyDunyo

Osiyoda avtobuslar bir-ketin halokatga uchramoqda

Bugun Filippin shimoliy qismida 40 nafar yo`lovchi bo`lgan avtobus jarlikka qulab tushgan. ITAR-TASS axborot agentligining xabar qilishicha, YTH oqibatida 9 kishi halok bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, kecha Nepalda yo`lovchi avtobus mamlakatning markaziy qismidagi daryoga deyarli 500 metr balanlikdan qulab tushgan bo`lib, uning oqibatida 14 kishi halok bo`lgani haqida xabar bergan edik.
 
Fevral oyining o`zida Nepalda avtobus qulashi oqibatida umumiy 24 kishi halok bo`lib, 54 kishi  jarohatlangan.

Hindistonda  esa 4 fevral kuni Maxarashtra shtatining Pun-Satar shossesida avtobus hamda yuk mashinasi to`qnashuvi oqibatida avtobus tog` darasiga qulab tushgan edi. Halokat oqibatida 10 kishi halok bo`lib, 35 kishi jarohatlangan.

    Boshqa yangiliklar