Suv ostidagi nikoh marosimi so`nggi vaqtlarda juda ommalashib bormoqda. Ammo ulardan faqat birgina “Ginness rekordlar kitobi” varaqlaridan munosib joy egalladi. Franscheki Kolombi va Jampiero Jannokkaroning to`yi 2010 yilning 12 iyun kunida Elba orolidagi (Italiya) Morkon plyajida bo`lib o`tdi. Suv ostidagi nikohni rasmiylashtirish jarayonida 261 nafar dayver ishtirok etdi.






