Raqqos robotlar

Rekord 11.11.2017, 12:02
Raqqos robotlar

Aqlli temirtanlarni kuzatishdan-da maroqli mashg`ulot bo`lmasa kerak. Ayniqsa, agar ular insonga xos xatti-harakatlarni takrorlashga urinishayotgan bo`lsa.

Xitoyning Shandun provinsiyasida hozir bo`lgan “Ginnessning rekordlar kitobi” mutasaddilari yangi jahon rekordi o`rnatilganini qayd etdilar. Gap bu erda mislsiz ulkan masshtabdagi robotlarning ajabtovur raqslari haqida borayotir.

Loyiha mualliflari rekordchilar kitobidan o`rin olish uchun avvaldan maydonchaga 1007 ta robotni joylashtirishdi. Smartfondan yuborilgan “start” buyrug`idan so`ng robotlar hakamlar hay`ati oldida bir daqiqa mobaynida o`zaro uyg`un ravishda raqsga mos harakatlarni bajarishdi. Bu esa yakunda “Robotlar ijrosidagi eng ulkan masshtabdagi raqs o`yini” sifatida baholandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1