1

68 yil davom etgan hiqichoq

Rekord 11.11.2017, 12:11
68 yil davom etgan hiqichoq

Hiqichoq oddiy narsa bo`lsa-da, lekin odamni qiynaydigan va noqulay vaziyatga solib qo`yadigan holatdir. Qoidaga ko`ra, u 5-20 daqiqa davom etadi va birdan g`oyib bo`lishi kerak. Ammo Charlz Osborn bilan bog`liq vaziyatda bunday bo`lmadi. 28 yoshida boshlangan hiqichoq Charlzni 68 yil davomida muttasil qiynab keladi.

Iste`mol qilingan dorilar, qo`llanilgan turli choralar sira ish bermaydi. Hiqichoq kutilmaganda 1990 yili dabdurustdan to`xtaydi. Ammo Osborn bundan quvonishga ham ulgurmadi, sababi u bu voqeadan oz vaqt o`tgach, hayotdan ko`z yumdi. Ma`lum bo`lishicha, Charlz Osborn 68 yil mobaynida 595 million marta hiqichoq tutgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1